A Seriya klublarida moliyaviy inqiroz boshlandimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 292
Jabrlanganlar Italiya futbol rahbariyatiga murojaat qilishdi.
A Seriyaning bir qator klublari o'z futbolchilariga fevral oyi uchun maosh to'lamagan. Bu haqda La Repubblica xabar tarqatdi.
Manbaning yozishicha, "Jenoa", "Sampdoriya", "Napoli" va "Torino" klublari futbolchilari maoshlarini olisholmayapti.
Ushbu vaziyat yuzasidan to'rt klub futbolchilari Italiya Futbol Federatsiyasiga murojaat qilishdi.
Eslatib o'tamiz, Italiya koronavirusning tarqalishi borasida Evropaning markaziga aylandi. Ushbu panidemiya tufayli milliy birinchilik o'yinlari noma'lum muddatga qoldirildi.
Avvalroq, "Yuventus" koronavirus sababli, o'z futbolchilarining maoshlarini keskin kamaytirganligi haqida rasmiy xabar bergandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!