Insine: «Ko'pchiligimizning hayotimiz o'zgarib ketdi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 242
Italiyaning «Napoli» klubi hujumchisi Lorentso Insine futbolga ham salbiy ta'sir ko'rsatayotgan koronavirus haqida fikr bildirdi.
«Bu yilgi Evropa chempionatida o'zgacha bir ishni amalga oshirish uchun terma jamoamiz tayyor edi. Ammo, aminmanki, barcha etakchi futbolchilarimiz jarohatidan foriq bo'lib safga qaytgach, biz yanada kuchayamiz. Afsuski, koronavirusning foydali tomonlari haqida boshqa gapira olmayman.
Pandemiya tufayli ko'plab insonlarning hayoti keskin o'zgarib ketdi. Bu futbolchilarga ham tegishli. Avvallari biz doim safarlarda yurardik, hozir bo'lsa 24 soat uyda o'tiribmiz. Turmush o'rtog'im menga sabr qilish uchun juda qiynalmoqda. Ammo, nima bilandir band bo'lish uchun yo'llar qidiryapmiz», — dedi Lorentso Insine.