UEFA prezidenti: «Mavsumni boy berishimiz mumkin»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 199
UEFA prezidenti Aleksander Cheferin Evropada futbol mavsumi taqdiri borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
Eslatib o'tamiz, koronavirus pandemiyasi tufayli Evropada Belarus chempionatidan boshqa barcha musobaqalar to'xtatilgan.
"Agar chempionatlarni may oyi o'rtasida, iyun oyi boshida yoki hattoki iyun oyi o'rtasida qayta boshlasak ham mavsumni qutqarib qolishimiz mumkin. Agar bundan kech boshlasak — mavsumni boy beramiz. Shuningdek, ushbu mavsumni avgust oyida yakunlash varianti ham bor, lekin bunda keyingi mavsum kechroq boshlanadi", — dedi Cheferin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!