"Milan" futbolchisi "A" Seriyaning boshqa grand klubiga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 249
“Milan” yarim himoyachisi Jakomo Bonaventura faoliyatini “Latsio”da davom ettirishi mumkin.
Corriere della Sera nashrining xabariga ko'ra, rimliklar sport direktori Igli Tare futbolchining agenti Mino Rayola bilan muzokaralarni boshlab yubordi. Uning transferini “burgutlar” bosh murabbiyi Simon Indzagining shaxsan o'zi xohlamoqda.
Eslatib o'tamiz, joriy mavsum Bonaventura 17ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!