So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Engil atletika bo'yicha jahon chempionati 1 yilga surilishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 317
Xabaringiz bor, joriy yil o'tkazilishi kerak bo'lgan Tokio-2020 yozgi Olimpiya o'yinlari bir yil ortga surildi. Bo'lajak Olimpiya o'yinlari katta ehtimolda yoz faslida o'tkaziladi. Bu esa 2021 yil yoz oylariga belgilangan jahon chempionatlarining o'tkazilishiga katta ta'sir o'tkazishi turgan gap.
Xalqaro engil atletika federatsiyasi rahbari Sebastyan Koe 2021 yilning 6-15 avgust kunlari o'tishi kerak bo'lgan navbatdagi jahon chempionatini surish taklifi bilan chiqdi. Taklifga ko'ra, AQShning Yujin shahrida o'tadigan musobaqa 2022 yili o'tishi mo'ljallangan. Eslatib o'tamiz, engil atletika bo'yicha jahon chempionatlari har ikki yilda bir marotaba o'tkaziladi.
Agar ushbu qaror ma'qullanadigan bo'lsa, engil atletikachilarni ketma-ket 5 yil mobaynida har yozda yirik musobaqalar kutib turadi. Bunday vaziyat muxlislar uchun yoqimli bo'lsa-da, sportchilarni bir muncha qiyin vaziyatga solib qo'yishi turgan gap. Engil atletika ishqibozlarini har yozda quyidagi musobaqalar kutmoqda:
2021 yil: Tokio Olimpiadasi;
2022 yil: Jahon chempionati (Yujin, AQSh);
2023 yil: Jahon chempionati (Budapesht, Vengriya);
2024 yil: Parij Olimpiadasi;
2025 yil: Jahon chempionati (mezbon noma'lum).