«Real» yozgi transfer rejalarini keyinroqqa surdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 315

Madridning "Real" klubi Evropada yuzaga kelgan koronavirus pandemiyasi tufayli yozgi transfer rejalaridan vaqtinchalik voz kechishga qaror qildi.
"AS" nashri tarqatgan xabarga ko'ra, jamoaning moliyaviy daromadlarida pasayish yuz bergani bois jamoa transfer masalasiga o'ta ehtiyotkorlik bilan yondashishga majbur. Ispaniya chempionati va Evropa chempionlar ligasi musobaqalari davom ettirilganidan keyin "qaymoqranglilar" transfer rejasini qaytadan ko'rib chiqishadi.
Eslatib o'tamiz, "Real"ning yozgi transfer maqsadlari sifatida Pol Pogba, Lautaro Martines, Raul Ximenes, Eduardo Kamavinga va boshqa o'yinchilar tilga olinayotgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
201