So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Shchesni: «Tayyorgarlik bilan bog'liq muammolar bo'lmaydi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 275
Turinning «Yuventus» klubi asosiy darvozaboni Voytsex Shchesni tezroq Italiya chempionati davom ettirilishiga umid qilmoqda.
«Karantin qabul qilish uchun chiqarilgan qarorga ikki hafta bo'ldi. Men doim yolg'iz qolishga majbur bo'ldim, chunki, oilam Polshaga ketdi. Bunday vaziyatlarni engish oson emas. Har kuni ko'p uxlayman, lekin ayni paytda mashg'ulotlarga ko'p vaqt topyapman. Yaqin kelajakda chempionatni davom ettirish ehtimolini yodda tutaman, shu sababli, o'zimni formada ushlab turishim kerak.
Bir nechta jamoadoshlarim koronavirus bilan kasallanganliklarini bilish yoqimsiz bo'ldi. Yaxshiyamki, ularning barchasida engil kasallik bo'lgan. Bunday vaziyatda eng to'g'ri qaror – uyda qolish», — dedi Voytsex Shchesni.