Azar barcha takliflarni rad etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2724
Londonning “Chelsi” klubi yarim himoyachisi Eden Azar londonliklarning yangi shartnoma borasidagi takliflarini rad etdi. Bu haqda Sky Sports nashri xabar bermoqda
Manbaning xabariga ko'ra, angliyaliklar futbolchini qo'yib yubormoqchi emas va u bilan uzoq yillik shartnoma imzolamoqchi.
Avvalroq, futbolchiga “Real” qiziqayotgani va klub Azar uchun 112 million evro to'lashi haqida xabarlar tarqalgan edi. Futbolchining “Chelsi” bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilgacha mo'ljallangan.
Eslatib o'tamiz, joriy mavsum futbolchi 21 ta o'yinda 10 ta gol urgan va 10 ta golga assistentlik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!