So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Olga Zabelinskaya: «O'zbekistonda sog'lom millat voyaga etkazish uchun ulkan zaxira bor»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 320
Tokio Olimpiadasining qoldirilishi musobaqani sabrsizlik bilan kutayotgan muxlislar ko'nglini xira qilgani tabiiy. Biroq vaziyat shuni taqozo qilmoqdaki, avvalo, unda sportchi va delegatsiya vakillari, ko'p sonli sayyohlar salomatligini ham o'ylash lozim. Bu qarorga ulkan tajribaga ega bo'lgan sportchilar ham ijobiy fikr bildirishmoqda. Jumladan, velosport bo'yicha terma jamoamiz vakili, Tokio-2020 Olimpiada litsenziati Olga Zabelinskaya ham. Quyida hamyurtimizning Olimpiadaning bir yilga surilgani, oldindagi rejalari haqidagi fikrlarini havola qilamiz:
– Barcha kutgan Olimpiadaning kechiktirilishi haqidagi qarorni qanday qabul qildingiz?
– Menimcha, bunday qaror vaziyatdan oqilona chiqib ketish mumkin bo'lgan yagona to'g'ri yo'l. Boisi ayni paytda ko'pchilikda shug'ullanish uchun imkoniyat yo'q. Bir qator sport turlarida esa hatto litsenziyalar taqsimlab bo'linmagan. Nima bo'lganda ham Olimpiada muxlislar uchun haqiqiy bayram. Hozirgi holat hech kimga bayramdek tatimas edi. Shu o'rinda koronivirusning keng tarqalishini oldini olish uchun hammaning uyda qolishini va shifokorlar tavsiyalariga rioya qilishlarini so'rab qolaman.
– Sizningcha, bu qaror sportchilarning tayyorgarligiga qanday ta'sir o'tkazadi?
– Boshqa sport turlari haqida gapirishdan yiroqman. Velosport nuqtai nazaridan olib qaraydigan bo'lsak, biz bir yilda bir necha bor yuqori sport formasiga chiqishimiz mumkin. Shu bois Olimpiadaning bir yilga surilishi juda katta rol o'ynamaydi. Hatto Tokiodan keyin sportni yakunlashni rejalashtirganlarga ham.
– Vaziyatdan kelib chiqqan holda qanday reja tuzdingiz?
– Umuman olganda, 2021 yil mobaynida Respublikamizda xotin-qizlar sportini rivojlantirishga bor e'tiborimni qaratmoqchi edim. Hukumat va federatsiya rahbariyatining qo'llab-quvvatlashi bilan O'zbekistonda professional jamoa tuzish uchun etarli imkoniyat bor. Bu yosh sportchilarga ulkan motivatsiya beribgina qolmay, ushbu sportning yurtimizda yanada rivoj topishida katta hissa qo'shadi. Ayniqsa, xotin-qizlar misolida. O'zbekistonda sog'lom millat voyaga etkazish uchun ulkan zaxira bor.