Konor Makgregor koronavirusga qarshi kurash uchun 1 mln evro xayriya qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 314

Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor Makgregor koronavirusga qarshi kurash uchun 1 million evro xayriya qildi. Bu haqda sportchi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali ma'lum qildi.
Konor mabg'alni shifoxonalarga yordam berish yo'lida sarflashni maqsad qilgan. Yakkurashchi Irlandiya moliya vaziri Paskal Donoxyu bilan yozishmalarini e'lon qilgan.
«Bugun men bir million evroga shaxsiy himoya vositalarini sotib olaman. Ularni Lensterdagi barcha shifoxonalarga tarqatib chiqaman. Bu ayni damda eng ko'p aziyat chekkan hudud», — deya yozadi Makgregor.
Ma'lumot uchun, 26 mart holatiga Irlandiyada koronavirus yuqtirib olganlar soni 1560 dan ortdi. 9 kishi virus oqibatida vafot etgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
219