So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Joshua karantinga jo'natildi: u koronavirusga chalindimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 225
Sportchi Buyuk Britaniya qirolichasi Elizaveta II ning o'g'li bilan mart oyining o'rtalarida Buyuk Britaniya hamdo'stligi kuni sharafiga cherkov marosimida uchrashgan edi.
Boks bo'yicha WBA, IBF, WBO va IBO yo'nalishlari bo'yicha jahon chempioni britaniyalik Entoni Joshua karantinga jo'natildi. Bu haqda The Sun xabar bermoqda.
30 yoshli sportchining o'zini izolyatsiya qilish rejimi uning Buyuk Britaniya qirolichasi Elizaveta II ning o'g'li, shahzoda Charlz bilan uchrashuvi bilan bog'liq. U 16 kun oldin Buyuk Britaniya hamdo'stligi kuni munosabati bilan cherkov marosimida bo'lib o'tgan. Chorshanba kuni shahzoda Charlzda koronavirus aniqlangan.
"Joshua uyda yakkalanib qoldi. U sog'lom va hukumat tavsiyalariga amal qilmoqda. Joshua har bir bemorga tezroq sog'ayib ketishini tilaydi", - dedi bokschining vakili.
Manba: The Sun