Mbappe: "Barselona" muxlislaridan tashqari hamma "Real"ning dunyodagi eng buyuk klub ekanligini biladi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 32

"Real" hujumchisi Kilian Mbappe o'zi to'p surayotgan klubning maqomi haqida fikr bildirdi. Frantsuz futbolchisi "Real"ni dunyodagi eng buyuk klub deb hisoblaydi.
"Barselona" muxlislaridan tashqari hamma "Real"ning dunyodagi eng buyuk klub ekanligini biladi", — deya Mbappening so'zlarini keltiradi The Touchline nashri Sorarega tayanib.
Kilian Mbappe "Real" tarkibiga 2024 yilning yozida kelib qo'shilgan edi. O'shandan beri hujumchi klub miqyosida 103 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 86 ta gol va 12 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.
Ta'kidlash joizki, Mbappe ikki mavsum davomida "Real" bilan bor-yo'g'i ikkita sovrinni qo'lga kiritdi: UEFA Superkubogi va Qit'alararo kubok. La Liganing yakunlangan so'nggi mavsumini esa "qaymoqranglilar" ikkinchi o'rinda yakunlashdi.

Bosh sahifaga
247