Serxio Ramos Rossiya klubida o'ynashdan bosh tortdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 604

"Real" klubi sobiq sardori Serxio Ramos 1 yanvardan beri erkin agent maqomida bo'lib turibdi, u hozircha biror klub bilan shartnoma imzolagani yo'q.
El Chiringuito TV ko'rsatuvida berilgan ma'lumotlarga ko'ra, tajribali himoyachida Rossiyadan juda foydali taklif bo'lgan. Manbaning xabariga ko'ra, Rossiya klubi Ramosga uch oylik to'p surishi uchun "toza" 8 million evro maosh taklif qilgan. Biroq Serxio bu taklifni rad etgan.
"Real" sobiq futbolchisiga aynan qaysi klub taklif bilan chiqqaniga aniqlik kiritilmagan.
Serxio Ramos faoliyati davomida "Sevilya", "Real", "PSJ" va "Monterrey" klublarida to'p surgan. Hozirda himoyachi 40 yoshda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
235