Ronaldino Yamal bilan tushgan videosini ko'rsatdi: "Uning yonida bo'lish doim juda yoqimli" (Video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 14

Ronaldino ijtimoiy tarmoqlarda Lamin Yamal bilan tushgan video va fotosuratlarini joylashtirdi. Videoda "Barselona"ning sobiq va hozirgi "o'nlik" (10-raqam) egalari mashhur tezkor taomlanish maskani yaqinida to'p jongliyor qilishayotgani aks etgan.
"Uning yonida bo'lish doim juda yoqimli", — deya Ronaldino video ostiga izoh qoldirgan.
Ronaldino 2003–2008 yillarda "Barselona" sharafini himoya qilgan. Shuningdek, braziliyalik yulduz Evropada "PSJ" va "Milan" klublarida ham to'p surgan.
Lamin Yamal hozirda 18 yoshda. Shunga qaramay, u "Barselona"ning asosiy jamoasi safida 151 ta uchrashuvda maydonga tushishga ulgurdi. Ushbu o'yinlarda Yamal o'z hisobiga 49 ta gol va 52 ta golli uzatmani yozdirib qo'ygan. Lamin Transfermarkt portali tomonidan 200 million evroga baholanmoqda.
???? | Lamine Yamal juggles and shoots at the McDonald’s sign with Ronaldinho. ????⚽️???? pic.twitter.com/mqLjzauw5P
— Access Yamal (@AccessYamal) June 5, 2026
Bosh sahifaga
247