«Marsel» Jenezo bilan shartnoma shartlarini kelishib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 8310

May oyida «Lill» klubini tark etgan frantsiyalik mutaxassis Bruno Jenezo shaxsiy sabablarga ko'ra Liga 1 da qoladigan bo'ldi, deb xabar bermoqda RMC Sport.
Manbaning bergan ma'lumotiga ko'ra, 59 yoshli frantsuz «Marsel» bilan ikki yillik shartnoma imzolaydi. Shuningdek, bitimda shartnomani yana bir yilga uzaytirish imkoniyati ham ko'zda tutiladi. U yangi jamoaga o'zining murabbiylar shtabi bilan birgalikda tashrif buyuradi.
2025/26 yilgi mavsumda «provansaliklar»ni Roberto De Dzerbi va Abib Beye boshqardi. Jamoa Liga 1 turnir jadvalida 5-o'rinni egallab, Evropa Ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Bunga qadar Jenezo «Renn», «Beytszin Goan», «Lion», «Rasing Bezanson» va «Vilfransh» klublarida bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritgan.

Bosh sahifaga
259