"Chelsi" ispaniyalik futbolchi uchun taklif tayyorlamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 364

Diario Sport xabariga ko'ra, "Chelsi" rahbariyati himoyachi Mark Kukurelyaning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o'tamiz, shartnomasi "Barselona"ga tegishli bo'lgan himoyachi mavsum boshidan "Xetafe" safida to'p surmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, londonliklar kelgusi transfer oynasida ispaniyalik futbolchi uchun 23 mln evro taklif qilmoqchi.
Ta'kidlanishicha, Kukurelya "Portu" himoyachisi Aleks Tellesga qaraganda arzonroq variant hisoblanadi.
Manba: Diario SportFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
213