Angliya klubining koronavirusga chalingan futbolchilari soni 5taga etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 309

Angliyaning “Portsmut” klubi 5 nafar futbolchisi koronavirusga uchraganini tasdiqladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Avvalroq, COVID-19 bilan 4 nafar futbolchisi Jeyms Bolton, Endi Kennon, Xaji Mnog va Shon Raggett kasallangan edi. Endi ularning safiga Ross Makkrori ham qo'shildi.
Manbaning xabariga ko'ra, ayni damda mazkur futbolchilarning barchasi karantinda.
Eslatib o'tamiz, “Portsmut” Liga 1da 35turdan so'ng 60 ochko bilan 4-o'rinda bormoqda.
Ma'lumot uchun, Buyuk Britaniyada 8077 kishi koronavirusga chalingan, ularning 422 nafari esa vafot etgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
258