UzBarca.Com - Barcelona Uzbekistan!
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Turkmanistonda barcha futbol musobaqalari qoldirildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 234
Turkmaniston futbol federatsiyasi (TFF) tasarrufidagi barcha musobaqalar noma'lum muddatga qoldirildi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida ma'lum qilindi.
Shu tariqa, Turkmaniston chempionati, yoshlar o'rtasidagi musobaqalar va futzal bo'yicha Superliga o'yinlari to'xtatildi. Turkmaniston chempionati 2020 yilgi mavsumida uchta tur ortda qolgandi. Rasmiy xabarda musobaqalar qoldirilganiga nima sabab bo'lgani ko'rsatilmagan.
Eslatib o'tamiz, koronavirus sabab Evropada Belarus chempionatidan boshqa barcha musobaqalar to'xtatildi. Avvalroq Avstraliya chempionati ham to'xtatilgandi.
Ma'lumot uchun, ayni damda mamlakat hududida koronavirus yuqtirib olish holati qayd etilmagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!