UzBarca.Com - Barcelona Uzbekistan!
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Vengerning intihosi. Kloppning ibtidosi...
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 276
APL
2016/17 yillar mavsumi
1-tur
Avgust oyi o'tar ekan Angliyada futbolga qiziqgan va hatto qiziqmagan kimsa borki hali ham "Lester"ning chempionligi haqida gapirar, atrofda hali-hamon Raneri shogirdlari qilgan ishlar haqida miriqib suhbat qurilar edi. Ammo, turgan gapki bu "eskilar"ning g'ashiga tegardi.
Masalan, "liverpulchilar" 25 yildan buyon chempion bo'lolmay turgan bir vaqtda hech kim nazarga ilmagan "Lester" bosh sovrinni yutib tursa g'alati emasmi?! "Liverpul" birinchi turdayoq shunday o'yin ko'rsatishi kerak-ki, buni ko'rganlar "Lester"ni ham qolganlarni ham unutsin! Oson bo'lmaydi, albatta. Sababi raqib - "Arsenal". O'sha vaqtda hali qariya Arsen Venger o'z o'rnida edi. To'g'ri, "Arsenal"dagi muammolar ham o'z o'rnida edi. Biroq, aniq-ki, frantsiyalik mutaxassis mavsummni qarshisidagi murabbiy -- Bundesligadan adashib kelib qolgan Yurgen Kloppga mag'lubiyat bilan boshlashni istamasdi. (O'sha vaqtlar germaniyalikni hali ko'pchilik mensimasdi). Klopp esa ilk bor "Liverpul" bilan mavsum boshlashi lozim. O'tgan yili oktyabrda Brendon Rodjers o'rniga ishni boshlagan Yurgen kelajakda Evropani zabt etadigan jamoani endi-endi shakllantira boshlagan edi. Hali Van Deyk yo'q, Saloh yo'q...Qizig'-a? O'shanda "Liverpul" qanday jamoa edi? Yodingizdami?!O'zi aslida bu o'yin -- Vengerning "Arsenal"dagi intiho davriga, Kloppning esa "Liverpul"dagi ibtido davriga to'g'ri kelgan.
To'g'ri, hozir google orqali osongina hisobni bilib olish mumkin. Eng dahshati ham shunda asli. Bu kabi o'yinlarning hisobini bilganingizdan so'ng ko'rishga bo'lgan qiziqishingiz ortsa-ortadiki, aslo kamaymaydi! Men biroz yordam beraman - bu o'yinda 7 ta gol bo'lgan!Bir so'z bilan aytganda - super o'yin!
Siz uni tanlab adashmadingiz!
Futbol TV
Bugun, soat 19:00
"Arsenal" - "Liverpul"
Manba: Orif Tolipov telegram kanaliFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!