"Inter"da karantin tugadi: koronavirus aniqlandimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 453

Milanning "Inter" klubi rahbariyati futbolchilar va ishchilarga uyni tark etishga ruxsat berdi, deya xabar beradi "Calciomercato".
Nashrning xabar berishicha, klubdan hech kimga koronavirus tashxisi qo'yilmagan. "Inter" — "Yuventus" (2:0) uchrashuvidan keyin kiritilgan 2 haftalik karantin muddati tugagan.
Eslatib o'tamiz, atigi uchta "Yuventus" o'yinchisi koronavirus yuqtirgan.
Endi "Inter" xodimlari uylarini tark etish huquqiga ega, ammo Italiyada o'rnatilgan qoidalarga muvofiq shaxsiy himoya vositalaridan foydalangan holda va faqat dorixona yoki oziq-ovqat do'koniga chiqishlari mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
188