«Aston Villa» yozda tarkibni qayta qurmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 10470

Manbalarning xabar berishicha, «Aston Villa» rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Unai Emerini 100 million funt sterling miqdoridagi transfer byudjeti bilan qo'llab-quvvatlashga qaror qildi. Bunday qaror birmingemliklarning Evropa ligasidagi g'alabasidan so'ng qabul qilindi. Finalda «Aston Villa» Germaniyaning «Frayburg» klubini 3:0 hisobida tor-mor etdi.
Insayderlarning ma'lumotiga ko'ra, klub egalari tarkibda keng ko'lamli o'zgarishlarni rejalashtirmoqda va kelasi mavsumda «Aston Villa» ishtirok etadigan Chempionlar ligasi uchun jamoani sifatli kuchaytirmoqchi. Emerining bo'lajak yozgi transferlar oynasidagi ustuvor vazifalaridan biri — «Fulxem»ning uelslik vingeri Xarri Uilsonni xarid qilishdir.
APL so'nggi turi oldidan «Aston Villa» turnir jadvalida to'rtinchi o'rinni egallab turibdi. Yakshanba, 24 may kuni birmingemliklar mehmonda «Manchester Siti»ga qarshi bahs olib boradi.

Bosh sahifaga
480