So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Nigeriyaning eng yaxshi futbolchisi sovriniga da'vogarlar e'lon qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 305
«Manchester Yunayted» hujumchisi Odion Igalo, «Lester» yarim himoyachisi Vilfred Ndidi va «Lill» hujumchisi Viktor Osimxen Nigeriyada yilning eng yaxshi futbolchisi sovriniga da'vogarlar safiga kiritildi.
"Nigeria Pitch Awards" sovrini ushbu mavsumda ketma-ket ettinchi marotaba topshiriladi. Ushbu mavsumda 12ta nominatsiya bo'yicha g'oliblar aniqlanadi:
— yilning eng yaxshi darvozaboni;
— yilning eng yaxshi himoyachisi;
— yilning eng yaxshi yarim himoyachisi;
— yilning eng yaxshi hujumchisi;
— «Maydon qirolichasi» (yilning eng yaxshi ayol futbolchisi),
— «Maydon qiroli» (yilning eng yaxshi futbolchisi),
— yil jamoasi;
— yil murabbiyi va hokazo.
Ushbu sovrinlar orasida eng nufuzlisi «Maydon qiroli» (da'vogarlar — Igalo, Osimxen va Ndidi) va «Maydon qirolichasi» hisoblanadi.