«Manchester Siti» koronavirus tufayli EChL taqiqidan qutulib qolishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 385

UEFA tomonidan 2 yilga evrokuboklardan chetlashtirilgan «Manchester Siti» klubi keyingi mavsumda ushbu taqiqdan qutulib qolishi mumkin.
"Shaharliklar" mazkur qaror yuzasidan Sport arbitraj sudi (CAS)ga murojaat qilgani uchun sud o'z qarorini e'lon qilmaguncha UEFAning taqiqi kuchga kirmaydi. Koronavirus bilan bog'liq vaziyat yuzaga kelgani uchun "Siti"ning ishi ko'rib chiqish vaqti ortga surilmoqda. Bundan tashqari, koronavirus tufayli Arbitraj sudiga murojaatlar ko'payib ketgan. «Manchester Siti» esa o'z navbatini kutishga majbur.
Chempionlar ligasi 2020/2021 mavsumda guruh bosqichi ishtirokchilari 26 avgust aniq bo'lishi kerak. Bu paytga kelib CAS «Manchester Siti» ishi bo'yicha qaror chiqarmasa, tashkilotchilar mankunianliklarni musobaqaga qo'yishga majbur bo'lishadi.

Bosh sahifaga
272