«Arsenal» bir mavsum oldin sotib olgan yarim himoyachisidan qutulmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2301

Londonning «Arsenal» klubi tayanch yarim himoyachisi Kristian Nyorgor bor-yo'g'i bir mavsumdan so'ng jamoani tark etishi mumkin. Jurnalist Geri Jeykobning bergan ma'lumotlariga ko'ra, «kanonirlar» rahbariyati 32 yoshli daniyalik futbolchini sotib yuborishga tayyor.
Nyorgor o'tgan yozda «Brentford» klubidan transfer qilingan edi. Biroq u Premer-liga doirasida «Arsenal» libosida maydonda bor-yo'g'i 56 daqiqa harakat qildi, xolos. Shunday bo'lsa-da, murabbiylar shtabi undan boshqa musobaqalarda (kubok bahslarida) tez-tez foydalanib turdi.
Tajribali yarim himoyachi joriy mavsumda barcha turnirlarni hisobga olganda 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 3 ta golli uzatmani yozdirib qo'yishga ulgurdi.
Futbolchining «Arsenal» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali mutaxassislari ayni damda Daniya terma jamoasi a'zosini 7 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
454