Robert Levandovski «Barselona»dagi kelajagi bo'yicha yakuniy qarorni qachon e'lon qilishi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 24

«Barselona» hujumchisi Robert Levandovski tez orada faoliyatini qaerda davom ettirishi bo'yicha bir qarorga keladi. Jurnalist Karlos Monforning xabar berishicha, 37 yoshli polshalik to'purar La Liganing navbatdagi turi doirasidagi «Betis»ga qarshi o'yingacha o'z kelajagini belgilab olmoqchi.
17 may, yakshanba kuni bo'lib o'tadigan ushbu bahs «ko'k-anorranglilar»ning joriy mavsumda o'z maydonidagi so'nggi uchrashuvi hisoblanadi. Ayni damda yulduzli hujumchining agentlari Saudiya Arabistonining ikkita klubi bilan faol muzokaralar olib bormoqda. Hozirgi vaziyat Levandovski faoliyatini katta ehtimol bilan Yaqin Sharqda davom ettirishiga ishora qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, futbolchining «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi shu yilning iyun oyi oxirida nihoyasiga etadi. Avvalroq tarqalgan xabarlarga ko'ra, Levandovskiga Kataloniya grandi taklif qilgan yangi shartnoma shartlari ma'qul kelmagan. Bu erda gap nafaqat moliyaviy tomonlar, balki sport loyihasi haqida ham bormoqda — tajribali hujumchi zaxira o'rindig'ida qolib ketishni istamayapti.

Bosh sahifaga
461