«Kun kelib men ham ketaman» — Virjil van Deyk Saloh va Robertsonning «Liverpul»dan ketishi haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 473

«Liverpul» klubi sardori Virjil van Deyk jamoaning ikki nafar etakchi futbolchisi — Muhammad Saloh va Endryu Robertson bilan bo'lajak xayrlashuv haqida o'z fikrlarini bildirdi. Mavsum yakunlanganidan so'ng, misrlik hujumchi va shotlandiyalik himoyachi erkin agent maqomida mersisaydliklar safini tark etadi.
«Hozir klubda o'tish davri kuzatilmoqda, ta'sir kuchiga ega futbolchilarning ketishi — muqarrar jarayon. Kun kelib men ham bu erdan ketaman. Eng muhimi — bu jarayon «Liverpul» uchun iloji boricha og'riqsiz o'tishini ta'minlashdir.
Agar Mo (Saloh) haqida gapiradigan bo'lsak, uning o'rnini xuddi shunday darajada to'ldira oladigan futbolchi topishga ko'zim etmaydi. Biroq baribir kimdir uning pozitsiyasini egallaydi va u o'zini ko'rsatishi, o'z o'yinini namoyish etishi kerak bo'ladi. Endryu haqida ham shu gapni aytish mumkin — u shuncha yillar davomida eng yaxshi chap qanot himoyachilaridan biri bo'lib keldi. Bunday o'yinchilarning o'rnini bosish uchun vaqt kerak bo'ladi. Bu jiddiy chaqiriq, ammo biz uni qabul qilishimiz shart», — dedi niderlandiyalik himoyachi Sky Sports telekanaliga bergan intervyusida.
Ma'lumot uchun, Muhammad Saloh va Endryu Robertson 2017 yilning yozidan buyon «Liverpul» sharafini himoya qilib kelayotgan edi. Virjil van Deyk esa jamoaga 2018 yilning boshida kelib qo'shilgan.

Bosh sahifaga
460