«Real Madrid» himoyachisi APLga ko'chib o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 499

Madridning «Real» klubi chap qanot himoyachisi Fran Garsiya mavsum yakunlanganidan so'ng jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda taniqli insayder Ekrem Konur xabar bermoqda.
Manbaning yozishicha, qishki transfer oynasi vaqtida, ya'ni yanvar oyida «Real» rahbariyati Garsiyaning «Bornmut» klubiga ijaraga o'tishini bloklab qo'ygan edi. Biroq futbolchi yozda yana ketishga harakat qilib ko'rmoqchi. Ma'lumotlarga ko'ra, 26 yoshli ispaniyalik himoyachi faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirish variantlarini o'rganmoqda.
Shunday bo'lsa-da, «Real»ning asosiy himoyachisi Ferlan Mendining jiddiy jarohat olgani Fran Garsiyaning Madriddagi taqdirini o'zgartirib yuborishi mumkin. Jamoadagi kadrlar muammosi sababli klub uni qo'yib yubormasligi ehtimoli bor.
Joriy mavsumda Fran Garsiya «qaymoqranglilar» safida barcha turnirlarda 22 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning «Real» bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchini 12 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
453