«Aston Villa» – «Liverpul»: Ekspertlar bugungi bahs uchun o'z prognozlarini e'lon qilishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 19

Bugun, 15 may kuni Angliya Premer-ligasining 37-turi doirasida markaziy uchrashuvlardan biri bo'lib o'tadi. Unda «Aston Villa» o'z maydonida «Liverpul» klubini qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da (shanbaga o'tar kechasi) boshlanishi rejalashtirilgan.
Futbol ekspertlari bo'lajak qiziqarli bahs oldidan ikki jamoaning imkoniyatlarini chamalab chiqishdi. Prognozlarga ko'ra, ushbu o'yinda mehmonlar — «Liverpul»ning g'alaba qozonish imkoniyati yuqoriroq baholanmoqda — 38,7%. Mezbonlar bo'lmish «Aston Villa»ning muvaffaqiyati esa 33,9% ni tashkil etmoqda. O'yinda durang qayd etilishi ehtimoli 27,4% ga teng.
Eslatib o'tamiz, ushbu jamoalar o'rtasidagi so'nggi to'qnashuv 2025 yilning 1 noyabr kuni bo'lib o'tgan va unda mersisaydliklar 2:0 hisobida ishonchli g'alabani qo'lga kiritishgan edi.

Bosh sahifaga
454