«Barselona»ning Bardji kelajagi borasidagi pozitsiyasi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 457

Runi Bardji uchun «Barselona»dagi debyut mavsumi bir xil kechmadi. Shved futbolchisi maydonda kam vaqt o'tkazmoqda va bundan o'zi ham unchalik mamnun emasligini tan olgan edi.
«Sport» nashrining ma'lumotlariga ko'ra, kataloniyaliklar hali ham 20 yoshli futbolchini katta iste'dod egasi deb hisoblashmoqda, biroq yaqinlashib kelayotgan mavsumlar oralig'ida uning jamoani tark etishi istisno etilmayapti. Agar munosib taklif tushsa, «ko'k-anorranglilar» vingerni ijaraga yuborishlari mumkin.
Bardji o'tgan yilning iyul oyida «Kopengagen»dan «Barselona»ga o'tgan edi. Joriy mavsumda futbolchi Xans-Diter Flik jamoasi safida barcha turnirlarda 27 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga ikkita gol va to'rtta golli uzatmani yozdirib qo'ydi. Transfermarkt portali Runining qiymatini 15 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
462