Brunu Fernandesh: «Rays «Manchester Yunayted»da o'ynashi kerak edi, u «Arsenal»ni tanlaganidan xafa bo'ldim»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 27

«Manchester Yunayted» klubi sardori Brunu Fernandesh yarim himoyachi Deklan Raysni o'z jamoasida ko'rishni juda ham xohlaganini ma'lum qildi. Ma'lumot uchun, Angliya terma jamoasi a'zosi 2023 yilning yozida «Vest Xem»dan «Arsenal»ga qariyb 117 million evro evaziga ko'chib o'tgan edi.
«Men har doim Raysni «Manchester Yunayted»da o'ynashi kerak bo'lgan futbolchi deb hisoblaganman. U «Arsenal»ni tanlaganida juda qattiq xafa bo'ldim. Menga har doim u klubimizga ideal darajada mos keladigandek tuyulardi», — deya Brunu Fernandeshning so'zlarini keltirmoqda taniqli jurnalist Ben Jeykobs.
E'tiborli jihati, Deklan Rays va Brunu Fernandesh ayni damda Premer-liganing joriy mavsumdagi «Eng yaxshi futbolchisi» nomi uchun asosiy da'vogarlar qatorida o'zaro raqobatlashmoqda.

Bosh sahifaga
458