«Bayer»da yana murabbiy almashadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 6922

Leverkuzenning «Bayer» klubida navbatdagi murabbiy o'zgarishiga tayyorgarlik ko'rilmoqda. Jurnalist Patrik Bergerning xabar berishicha, Kasper Yulmannning ketishi deyarli hal bo'lgan masala.
«Dorishunoslar» rahbariyati daniyalik mutaxassisning o'rnini egallashi mumkin bo'lgan nomzodlar bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Asosiy nomzodlar sifatida hozirda ishsiz bo'lgan braziliyalik Filipe Luis va «Jirona» ustozi ispaniyalik Michel ko'rilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Yulmann o'tgan yilning sentyabr oyi boshida, iste'foga chiqarilgan Erik ten Xagning o'rniga tayinlangan edi. «Bayer» Bundesliganing so'nggi turi oldidan turnir jadvalida oltinchi o'rinni egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
434