«Milan» Tare bilan xayrlashadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 355

«Milan» klubda roppa-rosa bir mavsum ishlagan Igli Tare bilan xayrlashishini taxmin qilgan edik. Endi bu ma'lumot bilvosita o'z tasdig'ini topmoqda. «Atalanta»ning amaldagi sport direktori Toni D'Amiko klubni tark etishini e'lon qildi.
Gap shundaki, matbuot aynan uni «Milan»da Tarening o'rniga asosiy nomzod sifatida ko'rsatmoqda. «Atalanta» bilan xayrlashar ekan, u katta ehtimol bilan allaqachon «Milan» taklifini qabul qilib bo'lgan. Bu ma'lumotni italiyalik jurnalist Nikolo Skira ham tasdiqlamoqda.
Eslatib o'tamiz, «Milan» Seriya A turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda, «Atalanta» esa ettinchi pog'onani egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
451