Hindistonlik futbolchi qaysi yo'nalishda Ronaldu va Messini yuta olishini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 593

Futbol bo'yicha Hindiston terma jamoa sardori Sunil Chetri tvitter orqali muxlislarning savollariga javob berar ekan, qaysi sohada u Krishtianu Ronaldu va Lionel Messidan kuchliroq ekanini aytdi.
35 yoshli futbolchi terma jamoa safida 72ta gol urgan bo'lib, bu borada Ronaldu (99)dan ortda qolayotgan bo'lsa, ro'yxatda Messi (70)dan oldinda turibdi.
Uning ta'kidlashicha, futbolchi karrom sport turida har ikkala yulduzni mag'lub etishini ta'kidladi. Karrom — bilyardga o'xshash o'yin turi bo'lib, u shashka donalarini chertish orqali o'ynaladi.
«Nazarimda, ular bu o'yinni yaxshi o'ynay olishmaydi va men ularni enga olaman», — dedi Chetri.

Quyidagi videoda karrom o'yini haqida ma'lumot berilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
247