Xayrulla Hamidov maqolasi: «Liverpul»ning do'sti»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 330
36
Bugun 22 mart. Futbolchilar, murabbiylar va klublarga aloqasi yo'q sana. Lekin umumfutbol uchun muhim kun.
1888 yili 22 mart kuni London shahrida Angliyaning bir qator klublari rahbarlari to'planib, barcha jamoalarni birlashtirib turadigan Liga tuzishga kelishib olishgan. Ya'nikim, Angliya Futbol Ligasi g'oyasi tasdiqlangan kun.
O'sha paytdagi tartibsizlikdan bezor bo'lgan saviyali shaxslar klublar faoliyatiga professional yondoshish uchun ham shu ishga qo'l urishgan va maqsadlariga etishishgan. Ayni paytgacha eng qadimgi Liga hisoblanadigan tashkilot barchaga o'rnak bo'lib kelmoqda.
AFLning tasarrufiga Chempionship, 1 va 2-liga turnirlari kiradi. 1992 yilga qadar Angliya birinchi divizioni ham kirardi. Lekin turnir Premer-liga maqomini olgach, alohida tashkilotga aylandi.
1995 yildan ligada 72 klub mavjud. Yuqorida aytganimizdek, ular uchta divizionda qatnashadilar. Uelsning bir qismi ham bu Ligaga a'zo.
AFL egidasi ostida ikki kubok turniri o'tkaziladi – Angliya futbol ligasi kubogi (Carabao Cup) va Angliya futbol ligasi trofeyi (Leasing.com Trophy).
Ayni shu kunlarda bu qadimiy tashkilotga asos solinganini eslashimizning o'ziga xos mazmuni bor. Oxirgi marta AFL Angliya chempionini aniqlagan davrlar “Liverpul” o'ynab kulib Angliya chemrioni bo'lar edi. Va hatto Liganing turniri bo'lmish AFL kubogida ham 8 bor g'olib kelib, rekord qayd etgan.
AFL premerliga ishlariga aralashmay qo'yganiga ham 30 yil bo'lyapti. Liverpulliklar ushbu tashkilot egidasi ostida Angliya chempionligi aniqlansagina, g'oliblikni osonlikcha qo'lga kiritishar ekan, bilib oldik. Premerliga ajralib chiqqach, keyingi chempionlikka endi-endi etib kelmoqda. Ha, dahshatli farq bilan-da etib kelganicha yo'q hali. O'rtaga koronavirus balosi tiqilib kirdi.
Xullas, futbol vatani sanalmish Angliyada rasmiy bahslar asosan Liverpul shahrida boshlanganini hisobga olsak, uning bag'rida ham asosan shu shahar futbolchilari o'zlarini yaxshi his etishgan va yangi turnirda o'ttiz yil deganda g'olib bo'laman deganda nimalar sodir bo'layotganini ko'ryapmiz. Balki Premer-liga yana qadimgi Liga egidasi ostiga qaytar, a? Bunga Liverpulning qo'shnisi – Manchester shahri ko'nmasa kerak.
Xayrulla Hamidov.

Mana o'sha 1990 yili “Liverpul” klubining shu kungacha oxirgi bor g'olib bo'lgan mavsumi yakuni. Keyinchalik “Manchester Siti”ga chempionlik ulashgan KPR o'sha kuni “Enfild” egalari qarshiligini sindirishga rosa uringan bo'lsa-da, Kenni Danglish shogirdlari o'z ustunliklarini namoyish eta olishgan edi. Qizig'i, Danglish futbol tarixida o'ynovchi murabbiy tariqasida g'olib bo'lgan ikki murabbiydan biridir. "Enfild" uchun ham bu muhim – axir, "Liverpul" o'z farzandlarini boshqacha ardoqlaydi-ku...

Bosh sahifaga
280