Pol Ins: «MYu» Xolandni qo'ldan chiqarmasligi kerak edi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 328

Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Pol Ins «Manchester Yunayted» qishki transfer paytida Erling Xolandni qo'lga kirita olmagani haqida o'z fikrini bildirib o'tdi.
«Agar jamoa «Manchester Siti» va «Liverpul» bilan oradagi farqni qisqartirishni istasa, ularga jahon darajasidagi hujumchi kerak.
Ularda Xolandni qo'lga kiritish imkoniyati bor edi. Ammo yosh yigit «Borussiya»ga o'tib ketdi. Bu esa meni ranjitdi. U juda yaxshi o'yinchi va yanada o'sishda davom etishi mumkin. Bunday futbolchilarni qo'ldan chiqarish kerak emas.
Xoland bilan shartnoma imzolashni eplay olmaslik — hafsalani pir qiladigan ish bo'ldi. Ularga bir mavsumda 20-25ta gol uradigan hujumchi kerak», – dedi Ins.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
304