La Liga. «Atletiko» o'z uyida «Selta»ga mag'lub bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 777

Ispaniya La Ligasining 35-turi doirasida Madridning «Atletiko» klubi o'z maydonida «Selta»ni qabul qildi. Bahs mehmonlarning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvdagi yagona gol 62-daqiqada «Selta» hujumchisi Borxa Iglesias tomonidan kiritildi. Diego Simeone shogirdlari qolgan vaqt ichida hisobni tenglashtirishga uringan bo'lsa-da, Vigo klubi himoyasi ishonchli o'yin namoyish etdi.
Ushbu mag'lubiyatdan so'ng «Atletiko Madrid» 63 ochko bilan turnir jadvalida to'rtinchi o'rinni egallab turibdi. «Selta» esa ochkolari sonini 50 taga etkazib, oltinchi pog'onaga ko'tarilib oldi.
Navbatdagi turda «Selta» 12 may kuni «Levante»ni qabul qiladi, madridliklar esa shu kuni safarda «Osasuna» mehmoni bo'lishadi.
«ATLETIKO» — «SEL'TA» — 0:1
Gol: Borxa Iglesias 62 (0:1).
«Atletiko»: Oblak, Ximenes (Le Norman, 20; Vargas, 69), Gantsko, Rudjeri, Pubil, Koke, Baena (Kubo, 69), Lukman (Molina, 60), Lorente, Grizmann (Almada, 60), Serlot.
«Selta»: Radu, Lago, Alonso, Rodriges, Moriba, Lopes, Mingesa, Nunes (Karreyra, 68), Duran (Xutgla, 68), Svedberg (Alvares, 77), Iglesias (Aspas, 68).
Ogohlantirishlar: Baena (66) — Moriba (19), Lopes (77).
Manba: www.stadion.uz.
Bosh sahifaga
354