Xames Rodriges JCh-2026dan so'ng faoliyatini yakunlashi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 39

Kolumbiya terma jamoasi sardori Xames Rodriges 2026 yilgi jahon chempionatidan keyin katta futbol bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda. Bu haqda AS nashrining Kolumbiyadagi filiali xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 34 yoshli futbolchi o'zi to'p surayotgan MLSning «Minnesota» klubi rahbariyatini joriy yilning yozida faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqida ogohlantirgan.
Xames Rodriges faoliyati davomida Evropaning «Monako», «Real Madrid» va «Bavariya» kabi grand klublari sharafini himoya qilgan. U joriy yilning iyul oyida 35 yoshni qarshi oladi.
Eslatib o'tamiz, 2026 yilgi jahon chempionatining guruh bosqichida Kolumbiya terma jamoasi O'zbekiston, Kongo DR va Portugaliya terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan.

Bosh sahifaga
362