Tare «Milan»ni tark etishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 32574

O'tgan yilning yozida sport direktori Igli Tare «Milan»ga o'tar ekan, shubhasiz, xuddi «Latsio»dagi kabi (u erda 15 yildan ortiq ishlagan edi) uzoq muddatli hamkorlikka umid qilgandi. Biroq, taniqli italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, Igli shu yozdayoq «Milan»ni tark etishi mumkin.
Jurnalist ushbu malakali mutaxassis o'rniga bo'lishi mumkin bo'lgan nomzodni ham aytdi. Bu Toni D'Amiko. D'Amiko o'tgan yili ham bu lavozimga da'vogarlik qilgan edi, ammo o'shanda Massimiliano Allegrining qat'iy talabi bilan tanlov aynan Tare foydasiga hal bo'lgandi.
Tarening ehtimoliy ketishi haqidagi mish-mishlar yana bir narsani tasdiqlashi mumkin, Allegri ham baribir klubdan ketadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
361