«Barselona» mart oyi oxirigacha Messi bilan shartnomani uzaytirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 357

Yuzaga kelgan tanaffusdan foydalanib, "Barselona" ba'zi tashkiliy ishlarni hal qilib olmoqchi. Jumladan, "ko'k-anorranglilar" rahbariyati mart oyi oxirigacha Lionel Messi bilan yangi shartnoma imzolamoqchi.
Argentinalik futbolchining "Barsa" bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan. Lekin Messi mazkur yozda jamoani tark etish ehtimoli ham yo'q emas.
Shunga qaramay, kataloniyaliklar prezidenti Xosep Bartomeu jamoa etakchisi bilan har yili yangilab boriladigan umrbod shartnoma borasida kelishuvga erishmoqchi.
Avvalroq "Barselona" o'z futbolchilaridan maoshlarning kamaytirilishiga rozi bo'lishni so'ramoqchi ekani haqida xabar tarqatilgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
209