Aleksandr Gleb Messi va Ronalduning farqini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 411

«Barselona» klubi sobiq himoyachisi Aleksandr Gleb zamonaviy futbol yulduzlari — Lionel Messi va Krishtianu Ronalduning o'ziga xos jihatlari haqida aytib o'tdi.
– Messi yoki Krishtianu Ronaldu?
– Iqtidor tomonlama – Messi. Mehnatkashlik jihatdan – Ronaldu.
– Umuman olganda-chi?
– Agar ular birlashtirilsa, jahonning eng buyuk futbolchisi yuzaga kelgan bo'lardi. Menga Messi ko'proq yoqadi. Ammo Krishtianuda bor narsa Messida yo'q.
Ronaldu shunday xarakter borki, u qaerga bormasin, etakchiga aylanadi va jamoani o'z ortidan ergashtiradi. U yutqazishni juda yomon ko'radi.
E'tibor bering, Ronaldu yutqazayotganida juda asabiylashadi, baqiradi. Leo esa yutqazsa ham xotirjam turaveradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
202