Saloh va Mane nega "Real"ga o'tmaydi? "Barselona"ga-chi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 332

"Liverpul"ning sobiq futbolchisi Stiv Makmanaman Saloh va Manening kelajagi haqida gapirdi.
"Real"da Azar bor, o'tgan yili ular Rodrigoni sotib olishdi, Reyner keldi, shuning uchun Saloh yoki Manening "Real"ga o'tishiga ishonmayman. Chempionlar ligasidagi natijalariga qaramasdan, ayni damda ingliz klublari dunyoning eng kuchli jamoalaridir. "Barselona" va "Real" esa yo'q.
Albatta, "Barsa" va "Real" yomon mavsumdan keyin yozda tarkibni kuchaytirishni istaydi. Shunday bo'lsa-da, Mane va Salohda bu klublardan biriga o'tish imkoniyati juda kam", dedi Makmanaman.
Manba: soccernews.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
245