APL mavsumning qolgan qismini muxlislarsiz o'tkazishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 316

Angliya premer-ligasi rahbariyati may oyida musobaqani qayta davom ettirishni istamoqda.
Koronavirus epidemiyasi bu paytga kelib taslim etilmasligi ehtimoli yuqori, shuning uchun APL qolgan o'yinlarni ishqibozlarsiz o'tkazishi mumkin.
O'yinlarda muxlislarning bo'lishi muhim omil, ammo ushbu mavsum oxiriga etkazilmaydigan bo'lsa, APL va klublar katta miqdorda zarar ko'radi.
Boz ustiga, yana bir jiddiy muammo mavjud — jamoaning bir a'zosi infektsiya yuqtiradigan bo'lsa, butun jamoa ikki haftalik karantinga yuborilishi kerak bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, APL uchrashuvlari rasman 30 aprelga qadar to'xtatilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
205