Mertens yangi shartnoma borasidagi savolga javob bera olmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 359

Italiyaning «Napoli» klubi hujumchisi Dris Mertens "Instagram" sahifasidagi efirda yangi shartnoma borasidagi savolga javob bera olmadi.
Belgiyalik futbolchi savolga javob berish o'rniga, "Men bu haqda javob bera olmayman, aks holda yana bir marta jarima to'lashimga to'g'ri keladi"-deb javob qaytardi.
«Napoli» klubi to'purarining shartnomasi shu yilning iyun oyida o'z yakuniga etadi. Mertens yangi shartnoma borasida jamoasi bilan kelishuvga erishdi qabilidagi xabarlar tarqalgandi. Biroq, Neapol shahrining Il Mattino gazetasi tarqatgan ma'lumotga qaraganda, tomonlar hali bu borada kelishuvga erishmagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
180