La Liga futbolchilari FIFA 20da chempionat o'tkazishadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 372

La Liga klublari futbolchilari FIFA 20 o'yinida majburiy tanaffusni qoplashga qaror qilishdi.
Bu g'oya Serxio Regilon (Sevilya) va Borxa Iglesias (Real Betis)lar o'rtasidagi simulyatordagi o'yinni 60 mingdan ziyod muxlis tomosha qilganidan keyin paydo bo'ldi.
Endi La Liganing 20 klubi onlayn turnini o'tkaziladi. Futbolchilar orasida Marko Asensio (Real), Serdji Roberto (Barselona), Markos Lorente (Atletiko), Ruben Garsiya (Osasuna), Edu Esposito (Eybar), Karlos Soler (Valensiya), Borxa Iglesias (Real Betis), Kevin Vaskes (Selta), Serxio Regilon (Sevilya), Manu Morales (Vilyarreal), Xose Martines (Alaves), Aytor Ruibal (Leganes), Jeyson Remeserio (Xetafe), Gorka Guruseta (Atletik), Pedro Porro (Valyadolid), Adrian Embarba (Espanol) ishtirok etadi.
Musobaqa Ispaniya vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi. O'yinlar juma, shanba va yakshanba kunlari bo'lib o'tadi.

Bosh sahifaga
179