A seriyaning davom ettirilish sanasi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 670

Italiya futbol federatsiyasi (FIGC) prezidenti Gabriele Gravina A seriyaning qolgan qismini o'tkazish borasidagi rejalar bilan o'rtoqlashdi.
«Bir necha kundan beri chempionatni 2-3 may kunlari boshlash g'oyasi ustida ishlayapmiz. Hafta o'rtasida ham tur o'yinlarini o'tkazish orqali biz mavsumni 30 iyun kuni oxiriga etkazishimiz mumkin. Ammo chempionat 10–17 iyul kunlari yakunlanishi mumkinligini istisno qilmayman.
Dastlabki rejaga ko'ra, chempionatning dastlabki qismi muxlislarsiz o'tkaziladi. Agar koronavirusni engib o'tsak, uchrashuvlarga muxlislar ham kiritiladi», — dedi Gravina "Radio Punto Nuovo"ga bergan intervyusida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
191