Habib Toni Fergyuson bilan jang qaerda bo'lishini ma'lum qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 468

Habib Toni Fergyuson bilan jang qaerda bo'lishini ma'lum qildi
UFCning engil vazndagi chempioni Habib Nurmagamedov 19-aprel sanasida o'tkazilishi kutilayotgan “UFC 249” kechasi qaerda tashkillashtirilishi borasida fikr bildirdi. Unga ko'ra, sportchi Afrikaning Kongo DR davlatidagi oktagonka chiqishni taklif etdi.
Toni bilan jangni Angliyada o'tkazish variyanti ustida bosh qotirayotgan edik. Endilikda nafaqat Angliya, balki butun Evropaning eshiklari biz uchun vaqtincha yopildi. Rossiyada jang tashkillashtirilmasligi aniq. Sababi, u erda ham katta mashtabdagi karantin kechmoqda. Osiyoda jang qilishning sira iloji yo'q. Shunday ekan, Kongo respublikasida jang tashkillashtiriladi degan mish-mishlar haqiqatga biroz yaqinroq turibdi. Xo'sh, jang Kongoda bo'lib o'tsa nima qilipti?
Biz Toni bilan jangimizni Kongoning junglilarida o'tkazishimiz mumkin. Bir paytlar Muhammad Ali va Jorj Forman singari. Jang qaerda bo'lishi emas, unda kimlar oktagonga ko'tarilishi muhim. Muhammad Alining Afrika qit'asida o'tkazgan jangi ham tarixda abadiy qolgani rost. U erdagi futbol maydonida jang o'tkazish fikri yo'q emas. Agar biz uchun aynan Kongo DR barcha qulayliklarni taqdim etar ekan, nima uchun jangni u erda o'tkazmasligimiz kerak?
Manba: Allboxing
Bosh sahifaga
189