«Atletiko» Parteyga yangi shartnoma taklif qilmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 292

"Atletiko" rahbariyati yaqin kunlarda Tomas Partey bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralarni boshlashni rejalashtirmoqda, chunki Londonning "Arsenal" klubi futbolchiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Football Espana xabar bermoqda.
Gap shundaki, 26 yoshli yarim himoyachining amaldagi kelishuvida potentsial xaridorga uni 50 mln evroga qaytarib berish huquqini beruvchi band mavjud. "To'pchilar" ushbu banddagi miqdorni to'lashga tayyor, ammo "Atletiko" Partey bilan xayrlashmoqchi emas.
Ma'lumot o'rnida, ushbu mavsumda Tomas Partey barcha uchrashuvlarda "Atletiko" safida 35 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 1 ta gollik uzatma amalga oshirgan.
Manba: Football EspanaFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
190