Zanetti: «Lautaro Martines «Inter»da baxtli»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 331

"Inter" vitse-prezidenti Xaver Zanetti jamoaning asosiy hujumchisi Lautaro Martinesning yozgi transfer oynasida jamoasini o'zgartirishi mumkinligi haqidagi ma'lumotlarga izoh berdi.
Evropaning ko'plab klublari argentinalik hujumchiga qiziqish bildirmoqda.
"Biz Lautaro kabi o'yinchiga ega ekanligimizdan mamnunmiz. Lautaroning o'zi "Inter" safida bo'lganidan juda xursand. U bizning klub va Argentina terma jamoasiga bo'lgan munosabati juda ajoyib. Men uning Italiya futbolida kelajagi porloq ekaniga guvohman.
U argentinalik futbolchilarning so'nggi avlodining haqiqiy olmosidir. U endigina 22 yoshda va uning ajoyib kelajagi bor", - dedi Zanetti Continental radiosida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
198