VIDEO. Yaxshiboevning gollari jamoasiga BATE ustidan g'alaba keltirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1015

Bugun Belarus chempiponatining yangi mavsumiga start berildi. O'zbekistonlik yarim himoyachi Jasur Yaxshiboev uchun «Energetik-BGU» klubi safida rasmiy o'yindagi debyuti ancha omadli chiqdi.
Hamyurtimiz BATEga qarshi o'yinni asosiy tarkibda boshladi va birinchi bo'limning o'zida 2ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Jasur bahsning 27-daqiqasida hisobni ochdi. U raqib jarima maydoniga yorib kirdi, bitta fint bilan bir himoyachini, ikkinchi urinishda ikkinchisini aldadi va uchinchi urinishdi darvozani ishg'ol qildi.
Oradan 7 daqiqa o'tib Yaxshiboevning o'zi hisobdagi farqni 2taga oshirdi. Hujumdagi sherigi Atameng etkazgan uzatmani vatandoshimiz raqib darvozasiga joylab qo'ydi.
O'yinning 66-daqiqada BATE hujumchisi Skavish hisobni qisqartirgan bo'lsa, 90-daqiqada Bakich farqni yana ikkitaga oshirdi – 3:1.
Uchrashuvning 84-daqiqasida Jasur Yaxshiboev o'ringa zaxiradan yana bir o'zbekistonlik futbolchi Shahboz Umarov o'yinda maydonga tushdi.
Shu tariqa, «Energetik-BGU» birinchi turda Yaxshiboevning dubli evaziga nomdor BATEni mag'lub etishga erishdi. GOLLARNI KO'RISh
Belarus chempionati, 1-tur
Energetik-BGU – BATE 3:1
Gollar: 1:0 – 26 Jasur Yaxshiboev, 2:0 – 34 Jasur Yaxshiboev, 2:1 – 66 Skavish, 3:1 – 90 Bakich.
Energetik-BGU – Lesko, Sokol, Shkurdyuk, Svirepa, Mavatu, Nosko, Yaxshiboev (Sh.Umarov, 84), Girs, Tve, Musaxanyan, Atemeng (Bakich 74).
BATE – Chichkan, Filipenko, Nastich, Volkov, Bessmertniy, Nexaychik, Stasevich, Baga, Dragun, Berezkin, Skavish.
Ogohlantirishlar: Atemeng (19), Dragun (33), Musaxanyan (36).

Bosh sahifaga
190