Rayola: «Yozda «Real»ga ajoyib o'yinchini olib kelaman»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 441

Taniqli futbol agenti Mino Rayola yozgi transfer paytida "Real"ga yulduz futbolchini olib kelishini ta'kidladi.
"Yozda "Real" ajoyib o'yinchini olib kelishni istardim va men buni amalga oshirishga harakat qilaman. Men va mening o'yinchilarim uchun bu faxrli bo'lardi. Chunki "Real" — buyuk jamoa. "Qirollik klubi" bilan yaxshi munosabatlarga egaman", - dedi Rayola "Marca" nashriga bergan intervyusida.
Ma'lumot o'rnida. "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba va Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Erling Xoland Rayolaning mijozlari hisoblanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
206